Oʻlkamizga bahor kirib kelgan boʻlsada, qorli-qirovli, yomgʻirli kunlar bizni tark etgani yoʻq. Bu esa oʻz-oʻzidan aholining tabiiy gaz va issiqlik taʼminotiga boʻlgan ehtiyojini oshiradi.
Tumanimizning “Chortoq” mahallasida 20-mart kuni tizimda yuzaga kelgan nosozlik sababli tabiiy gaz bosimi pasaygan edi.
Maxsus ishchi guruh tomonidan nosozlik bartaraf etildi. Taʼmirlash ishlarida 10 nafar xodim ishtirok etdi. Endilikda mahalladagi 2400dan ortiq xonadonlarga tabiiy gaz yetkazish bosimi yaxshilandi.