Madina Xursandova 15 yosh. Hozirda tumanimizdagi 285-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʼquvchisi. U sportning badiiy gimnastika turi boʼyicha 3 yoshidan beri shugʼullanib keladi.
Madinaning sport bilan muntazam shugʼullanishiga sabab, bobosining sport zaliga olib borgani va oyisining doimiy qoʼllab-quvvatlashidir. Qahramonimiz oʼn yildan ortiq vaqt mobaynida koʼplab turnir va musobaqalarning gʼolibi boʼlgan.
Xususan, Tojikistonda oʼtkazilgan 2007-2015-yillarda tugʼilgan qizlar oʼrtasidagi 1-ochiq xalqaro turnirida 1-oʼrinni qoʼlga kiritgan. International association of sport clubs tomonidan oʼtkazilgan "East cup & olympic stars" xalqaro turnirining kumush medali sohibasi. Shuningdek, u badiiy gimnastika boʼyicha Oʼzbekiston va Osiyo chempioni hisoblanadi.
Yosh sportchimiz kelgusida badiiy gimnastika boʼyicha murabbiy boʼlish hamda olimpiada oʼyinlarida gʼolib boʼlishni maqsad qilib qoʼygan.
Madinaning qilayotgan tinimsiz mehnatlari orzulariga qanot boʼlishini tilaymiz!