Bugun tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida tuman hokimining mutasaddi rahbarlar, mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda jinoyatchilikni jilovlash, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash borasida mahalliy hokimiyat, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari, mahalla bilan hamkorlikda o'tkazib kelinayotgan tezkor-profilaktik va maxsus tadbirlar samaradorligini oshirish kerakligi ta'kidlandi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatida mavjud muammo va kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish hamda tegishli chora-tadbirlar belgilash bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.