info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Mahallalarda xavfsiz muhitni ta'minlash bo‘yicha ishlar tizimli davom etmoqda

timeicon 20-05-2025

Tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i hamda "mahalla yettiligi" a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalar hududida amalga oshirilgan ishlar hamda “yo‘l xaritasi” doirasida olib borilayotgan vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida mutasaddilar tomonidan har bir mahalla hududida xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

Shu bilan birga “mahalla yettiligi” vakillariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech