info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda

timeicon 08-05-2025

331-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig’i boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalar hududida amalga oshirilgan ishlar hamda “yo‘l xaritasi” doirasida olib borilayotgan vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan mas’ullar va “mahalla yettiligi” vakillariga mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech