info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar samaradorligi baholandi

timeicon 21-05-2025

Kuni kecha tuman hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, mas’ul rahbarlar hamda "mahalla yettiligi" a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda "yo‘l xaritasi" doirasida olib borilayotgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida huquq-tartibot organlari xodimlari hamda "mahalla yettiligi" vakillariga o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech