info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig’ilish o’tkazildi

timeicon 25-08-2023

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o’rinbosari, general-mayor B.T.Abdullayev, tuman hokimi boshchiligida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.

Tuman madaniyat saroyida bo’lib o’tgan yig’ilishda Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi, tuman sektor rahbarlari, tuman milliy gvardiya mas’ullari, hokim o’rinbosarlari, mahalla raislari, mahalladagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari va mas’ul tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.

Yig’ilishda tumanda jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar tahlil qilindi. Mahallalarda huquqbuzarliklar proflaktikasi inspektorlari va ularning yordamchilari bilan bir qatorda Milliy gvardiya xodimlari ham jalb etiladi. Mahallalarda biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlarga kerakli tavsiya va ko’rsatmalar berib o’tildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech