info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etiladi

Mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etiladi
timeicon 21-01-2022

 

Yetakchilar oʻziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini quyidagi asosiy yoʻnalishlarda amalga oshiradi:

Madaniyat va sanʼatni targʻib qilish borasida – “Sanʼat gʻunchalari” koʻrik-tanlovi, maqom, baxshichilik va estrada boʻyicha “Yoshlar ovozi”, “Yosh musavvirlar” tanlovlari hamda “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalini oʻtkazadi, shuningdek, yoshlar va bolalar teatr jamoalarini tashkil etadi;

Sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida – mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish boʻyicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “Yosh ekolog” aksiyasini oʻtkazadi;

Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida – “Bir million dasturchi”, “Dasturlashga birinchi qadam” loyihalarini amalga oshiradi, kibersport chempionati va “Axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovini oʻtkazadi;

Maʼnaviyat va kitobxonlikni targʻib qilish borasida – “Zakovat” musobaqasi, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zukko kitobxon”, “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila”, “Xorijiy tillar bilimdoni” va “Yosh poliglot” tanlovlari hamda “Munozara” intellektual va milliy xalq oʻyinlarini tashkil etadi;

Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish borasida – “Yosh chegarachi”, “Yosh qutqaruvchi”, “Quvnoq startlar”, “Temurbeklar”, “Toʻmaris malikalari”, “Shunqorlar”, “Yosh huquqshunos”, “Yosh saylovchi”, “Yosh deputat” tanlovlari hamda “Men ham askar boʻlaman” aksiyalari va harbiy qismlarga sayohatlarni tashkil etadi;

Tadbirkorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash borasida – “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” va “Mahallaning ishbilarmon tadbirkori” tanlovlari, “Biznesga birinchi qadam” grant loyihasi hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech