info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Mahallalar raislari saylovini o‘tkazish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

timeicon 23-04-2025

Ma’lumki, joriy yilning may-iyul oylarida Toshkent shahrida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining navbatdagi saylovi bo‘lib o‘tadi.

Shu bois, bugun Yangihayot tumani hokimligida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi xodimlarini malakasini oshirish o‘quv kursi direktori, tuman hokimi o‘rinbosari hamda mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh rahbarlari uchun tashkiliy seminar-trening o‘tkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech