info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Mahallalar faoliyati o‘rganilmoqda

timeicon 29-04-2025

Gap shundaki, tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig’i "Yangi Umid", "Yangi Turmush" hamda “Tashabbus” mahallalarida bo‘lib, u yerda tegishli idora xodimlari bilan birga "mahalla yettiligi" a’zolari va tadbirkorlar faoliyati o’rganildi.

O’rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur mahallalar hududida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi baholandi.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan mazkur qaror ijrosi yuzasidan topshiriqlar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech