Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamkorligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda tuman Yoshlar ishlari agentligi xodimlari, tuman IIB XQB inspektorlari, tuman Otinoyisi hamda tuman mahallalarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy, maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazining tashkiliy uslubiy profilaktika va epidemiyaga qarshi ishlarni tashkil qilish shahar boʻyicha epidemiologi Akramova Dilobar ishtirok etib, “OIV – inson immunitet tanqisligi virusining oldini olish” mavzusida maʼruza qildi.