Mahalla rolini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda
Bugun tuman hokimining sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, "Mahalla yettiligi" vakillari bilan mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibida mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish, "Mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligini ta’minlash hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari ko‘rib chiqildi .
Shuningdek, mas’ul shaxslarga mahallalarning ichki resurslarini aniqlash va ularni ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishga safarbar etish, moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, fuqarolarni milliy qadriyatlar va urf-odatlarni hurmat qilishga chaqirish va boshqa masalalar yuzasidan zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.