Kuni kecha Yangihayot tuman hokimligi binosida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida mahalla raislari hamda ijtimoiy xodimlar uchun seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va mavjud xizmatlardan to‘laqonli foydalanish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mahalla institutlari va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro ma’lumot almashish va muammolarni joyida hal qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.