Kuni kecha tumanimizning 285-maktabida Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, tuman hokimliklari hamda tegishli tashkilot va idoralar bilan birgalikda mahalla fuqarolar yigʻini huzurida “Mahalla nazorati guruhi”ni samarali tashkil etish yuzasidan seminar oʻtkazildi.
Seminarda tuman hokimligining masʼullari, 30 ta mahalla raislari, bundan tashqari, Хushnud mahаllasining faollari ishtirok etdi. Tadbir davomida mahalla nazorati guruhining asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, uning tarkibini shakllantirish hamda mahalla raisi soʻrovini amalga oshirish tartibi Xushnud mahallasi misolida tushuntirib berildi.
Shuningdek, seminar doirasida Хushnud mahallasining “Mahalla nazorat guruhi” rahbari, oʻrinbosari, kotibi va aʼzolarini saylash uchun vakillar yigʻilishi ham oʻtkazildi.