Kuni kecha tuman hokimligida Toshkent shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi, “Nuroniy” jamgʻarmasi Toshkent shahar kengashi raisi, senator Rustam Kalonov va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi ishtirokida mahalla faollari uchun seminar tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 18-noyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlariga tashrifi jarayonida Mirzo Ulugʻbek tumanining Xabib Abdullayev mahallasida boʻlib oʻtgan faollar bilan uchrashuvida "Mahalla yettiligi" hamda faollarining ish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha bergan koʻrsatmalari ijrosini ta'minlash yuzasidan kerakli tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, seminarda “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish, aholi tinchligi va bandligini taʻminlash masalalarida koʻrilayotgan chora-tadbirlar boʻyicha maʻlumotlar berib oʻtildi