Bugun tumanimizdagi 329-maktabda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Mahalla yettiligi” o’quv-seminari bo’lib o’tdi.
Unda 30 ta mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Mazkur seminarni tashkil etishdan maqsad davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish, ushbu tizimning yanada samarali ishlashini tashkil qilish, “mahalla yettiligi”ni tashkil qiluvchi davlat xizmatchilarini zamonaviy tajribalar asosida o’qitish hamda qayta tayyorlashdan iborat.