Bugun erta tongdan tuman hokimi va hokim o'rinbosari boshchiligida boshqaruv servis kompaniyalari, tuman obodonlashtirish boshqarmasi hamda mahalla "yettiligi" ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Unda mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish, tozalash va ko'kalamzorlashtirish ishlarini yuqori saviyada tashkil etish xususida so'z bordi.
Bugungi kunda tumanda boshqaruv servis kompaniyalari bilan bir qatorda mahalla ahli tomonidan hashar tadbirlari ham tashkil etilmoqda. Tuman hokimi mahalla obodligi yo'lida hamma bir yoqadan bosh chiqarib, qilinayotgan ishlarni yanada jadallashtirish zarurligini, bunda tozalikka mas'ul bo'lgan tashkilotlar, mahalla raislari, faollari birdamlikda harakat qilishlari kerakligini ta'kidladi.