info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Qurilish obyektlari koʻzdan kechirildi

Qurilish obyektlari koʻzdan kechirildi
timeicon 14-03-2022

Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari, shahar prokuraturasi tarmoq rahbarlari, Yangihayot tumani sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilot masʼullari tomonidan tumanda faoliyat yuritib kelayotgan bir qator korxonalar va qurilish obyektlari koʻzdan kechirildi.

Jumladan, dastlab farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Dentafill Plyus” MCHJ va kabel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “ARTIKUL AZIYA KABEL” MCHJ faoliyati bilan tanishilib, uning faoliyatidagi mavjud muammolar oʻrganildi va tegishli tashkilotlarga muammolarni hal qilish yuzasidan koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Soʻng “Doʻstlik” mahallasida qurilayotgan tez tibbiy yordam stansiyasida olib borilayotgan qurilish ishlarining ahvoli oʻrganildi. Oʻrganish davomida ushbu obyektni loyiha-smeta hujjatlari asosida sifatli qurish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda belgilangan muddatda foydalanishga topshirish borasida masʼul va pudratchi tashkilot vakillariga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech