Qish kelib, sovuq kunlar ham boshlandi. Yogʻingarchilik, daraxtlardan toʻkilayotgan barglar, atrofga uloqtirilayotgan chiqindilar...
Kunning mana shunday sovuq haroratiga qaramay, obodonlashtirish hodimlari bugun ham tumanimizni obod qilishmoqda.
Bugungi kunda tumanimizda 204 nafar obodonlashtirish ishchilari mehnat qilishadi.
Tuman obodonlashtirish boʻlimi tomonidan ularga qishgi, issiq kiyimlar berildi. Endilikda ularga har mavsum uchun maxsus kiyimlar ajratiladi.
Hurmatli fuqarolar, ularning beminnat mehnatlarini qadrlaylik.