Kuni kecha tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibida bir qator dolzarb masalalar ko‘rildi. Xususan, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ,shuningdek, mahallalarning "yo‘l xaritasi" doirasida olib borilayotgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.