Yig‘ilishda Yangihayot tumanida Davlat rahbarining PQ-133-son qarori ijrosini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish, elektr va tabiiy gazni iqtisod qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish hamda energiya resurslari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Bundan tashqari, yig‘ilish davomida mavjud debitor qarzdorlikni qisqartirish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlarini mahallabay tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.