Kuni kecha markaziy ko'p tarmoqli 37-oilaviy poliklinikada tuman xotin-qizlari uchun tibbiy ko'rik tashkil etildi.
Ko'rikda ayollar, asosan, ko'krak bezi saratoni skreningi tekshiruvidan o'tdilar.
Bundan maqsad xotin-qizlarga tibbiy tushuncha berish, ko'krak bezi saratoni kasalligining oldini olish va shu kasallikka chalingan bemorlarni oldindan aniqlab, tezkor tibbiy yordam ko'rsatishdan iborat.