Kuni kecha bosh prokuror o'rinbosari va sektor rahbarlari ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlarini borib ko'rdi.
Dastavval "Chortoq" mahallasida joylashgan 333-umumta'lim maktabi o'rnida qurilayotgan yangi maktab binosi va "Xushnud" mahallasidagi 250 o'rinli oilaviy poliklinikaning qurilish ishlari bilan tanishildi.
Shuningdek, "Yangihayot industrial nimstansiyasi" va Yangihayot industrial texnoparkidagi suv inshooti va ichimlik suvi tarmog'ining qurilish jarayonlari ko'zdan kechirildi va mablag'larni maqsadli ishlatish, obyektlarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan mas'ullarga ko'rsatma va topshiriqlar berildi.