Kuni kecha bosh prokuror oʻrinbosari tumanimizda boʻlib, tuman prokurori va tegishli soha vakillari bilan bu yerda olib borilayotgan qurilish jarayonlari, xususan, ijtimoiy soha obyektlari binolarini qurish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Oʻrganish davomida davlatimiz rahbarining “2024-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlashda amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirilib, qurilish ishlariga masʼul boʻlgan rahbarlarga har bir obyektda ishlarning sifati va haqqoniyligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.