Ko‘cha peshlavhalari holati o‘rganilmoqda
Tuman hokimi maslahatchisi va obodonlashtirish bo‘limining tashqi bezash ishlari bo‘yicha mutaxassisidan iborat ishchi guruh ko‘cha peshlavhalarining ahvoli bilan tanishib chiqmoqda.
Ma’lum qilinishicha, tumanimizning birgina “Olchazor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘chalar holati ko‘zdan kechirilganda, 10 dan ziyod yaroqsiz va 15 ta nizomda belgilangan tartibga muvofiq ilinmagan peshlavhalar aniqlangan.
Shundan so‘ng, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimiga ma’lumotlar taqdim etildi.
Ma’lumot uchun, markaziy ko‘chalarda har 200 metrda, tor ko‘chalarda har 100 metrda ,shuningdek, berk ko‘cha boshida 1 dona peshlavhalarning bo‘lishi to‘g‘ri hisoblanadi.