Bugun tuman hokimligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida profilaktik tadbir o’tkazildi. Unda tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Adliya bo‘limi va boshqa tashkilot va korxona xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Toshkent shahrida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, korrupsiya holatlarining oldini olish bo’yicha olib borilayotgan ishlar xususida so’z yuritilib, ishtirokchilarga bunday illatga qarshi murosasizlik immunitetini shakllantirish lozimligi ta’kidlandi.