Tuman hokimi o‘rinbosari boshchiligida tegishli idora mas’ullari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari va boshqaruv servis kompaniyalari vakillari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, ko‘p qavatli uylar fondi hamda kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarini 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturi ijrosi, mavjud debitor qarzdorlikni qisqartirish hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini optimizatsiya qilish masalasi yig‘ilish kun tartibidan o‘rin oldi.
Bundan tashqari, yig‘ilish davomida "Mening uyim" billing tizimidagi boshqaruvsiz uylarni boshqaruv tashkilotlariga biriktirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida bahorgi mavsumda amalga oshirilgan ishlar, ko‘p qavatli uylarni isitish tizimini yuvish, cheklash vositalarini o‘rnatish va profilaktika qilish hamda "Obod mahalla" dasturiga tushgan mahallalarda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.