Bugun tuman hokimi va sektor rahbarlari boshchiligida mahallla faollari, kommunal soha vakillari bilan yigʼilish oʼtkazildi.
Unda kuz-qish mavsumini betalofat oʼtkazish, yangi yil bayramiga tayyorgarlik, bunda xavfsizlik choralarini koʼrish, shuningdek, ijtimoiy soha obʼektlaridagi tozalash hamda obodonlashtirish ishlarini puxta tashkil etish, ichki yoʼllarni tozalash boʼyicha topshiriqlar berildi.
Аholiga qulaylik yaratish uchun tumandagi barcha masʼullar oʼz vazifalarini vaqtida amalga oshirishlari kerakligi taʼkidlandi.