info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Кommunal yoʼnalishida sodir boʼlishi mumkin boʼlgan korruptsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan uchrashuv boʼlib oʼtdi

timeicon 11-10-2022

Tuman hokimining Uy-joy, kommunal xizmat koʼrsatish va obodonlashtirish masalalari boʼyicha oʼrinbosari tomonidan kommunal soha va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etish, kommunal yoʼnalishida sodir boʼlishi mumkin boʼlgan korruptsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda tuman hokimi oʼrinbosari Аbdurashid Nurmatov boshqaruv servis kompaniya rahbarlariga fuqarolar bilan munosabatda muomila madaniyatiga rioya qilish kerakligini alohida taʼkidladi.

Shuningdek, kommunal soha boʼyicha toʼlovlarni nazoratga olish, boshqaruv servis kompaniyalarini rivojlantirish boʼyicha tegishli masʼullarga topshiriq berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech