Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida bajarilgan ishlar holati o‘rganildi
Gap shundaki, kuni kecha tuman hokimi o‘rinbosari, prokuratura va tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi mas’ullari ishtirokida barcha kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari hamda boshqaruv servis kompaniyalarining umumiy yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda mavjud debitor qarzdorlikni qisqartirish, kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida shu vaqtga qadar aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va rejadagi ishlarni jadal sur’atda davom ettirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.