Bugun tuman hokimligida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi mas'uli, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas'uli, tuman hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirokida qish mavsumini betalofat o'tkazish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga qaratilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda kommunal soha vakillari, korxona va tashkilotlardan biriktirilgan mas’ullar hamda mahalla raislariga qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, yuzaga kelgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish hamda aholini energoresurslar bilan barqaror taʼminlash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.