Ushbu muborak kunlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning holidan xabar olish ham qarz, ham farzdir.
Shu bois, tumanimizdagi nogironligi bo'lgan, kam ta'minlangan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi. Xususan, O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan 30 kishiga, "Aloqabank" homiyligi ostida 6 kishiga nogironlik aravachalari tarqatildi.
Kichik e'tibordan minnatdorlik hissini suratlarda ko'rishimiz mumkin.