Bugun tuman IIO FMB mas’ul xodimlar tomonidan Yangihayot tumani hokimligida faoliyat yurituvchi xodimlar bilan "Internet ijtimoiy tarmog‘idagi fribgarliklar va tarqalayotgan zararli havolalar" mavzusida profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan kiberjinoyatlarning keng tarqalayotgan turlari haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, bank kartalaridan foydalanish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarni firibgarlar qo‘liga berib qo‘ymaslik va buning uchun zarur bo‘lgan ehtiyot choralarini ko‘rish kerakligi aytib o‘tildi.
SHuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.