Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari joriy yil 18-fevral kuni tumanimizga tashrif buyurgan edi.Tashrif davomida mahallaning davlat va jamiyat hayotidagi oʻrniga alohida toʻxtalib oʻtar ekan, bugungi kun mahalla raislari oldida turgan muhim vazifalar boʻyicha zarur topshiriqlar bergan edi.
Kuni kecha Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Vaziri oʻrinbosari hamda tumanimiz hokimi Prezidentimiz tomonidan berilgan mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida mahalla raislari va hokim yordamchilari bilan uchrashdi. Unda qator muhim masalalar muhokama etildi. Kelgusidagi rejalar belgilanib, masʼullarga topshiriqlar berildi.