Fuqarolik ishlari boʼyicha Mirzo Ulugbek tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor "TURON MEGA STROY" MChJdan undiruvchi Darveshov Nuridin Kattaxujaevichning foydasiga 39.675.805 soʼm undirish toʼgʼrisidagi ijro hujjati mavjud boʼlib, davlat ijrochisi O. Malikov tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi qoʼzgʼatilgan.
Dastlab qarzdorga ijro hujjati yuzasidan huquq va majburiyatlari toʼliq tushuntirilib, belgilangan tartibda ixtiyoriy muddat berilgan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalari va koʼchmas mulkiga nisbatan band solingan.
Qarzdorga tegishli band solingan mulklarni davlat ijrochisi tomonidan realizatsiya qilish choralari koʼrilgan. Shu davrda qarzdor turon mega stroy mchj tomonidan undiruvchi foydasiga 39.675.805 soʼm qarzdorlik undirildi. Yuqoridagilarga asosan, ijro ishi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan mazkur ijro ishi tamomlangan.