Kuni kecha tuman hokimi o‘rinbosari va mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda yozgi ta’til vaqtida umumta’lim maktablari o‘quvchilari, talabalar hamda mahallalar yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tuzilgan tuman ishchi guruhi tasdiqlandi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida yozgi mavsumiy oromgohlar va kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlarini yuqori darajada tashkil etish hamda kitobxonlik, madaniyat, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda madaniy dasturlar va to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, "Yoshlar oyligi" doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va mas’ullarning vazifalari belgilab berildi.