Kuni kecha mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi Yangihayot tumanida bo‘lib, yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari otaliqqa olingan, ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash holatini o‘rgandi. Shuningdek, “DXX kubogi”, “Shijoat va g‘ayrat”, “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” kabi loyihalar ijrosi hamda ushbu yo‘nalishlarda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar asosida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Bundan tashqari, mas’ullar mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan yangihayotlik yosh tadbirkor faoliyati bilan ham tanishdi.