Respublika sanoat-texnik nazorat qoʼmitasi bosh inspektori boshchiligida Yangihayot va Sergeli tumanlarida barcha yoʼnalishlar boʼyicha isitish mavsumini barqaror oʼtishini taʼminlashga doir yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Unda tumanning maktabgacha taʼlim boʼlimi masʼullari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va maʼmuriy-xoʼjalik ishlari boʼyicha oʼrinbosarlari ishtirok etdi. Yigʼilishda ijtimoiy obʼektlardagi suv, gaz bosimi, isitish tizimlarini nazoratdan oʼtkazish kabi mavjud muammolarni bartaraf etish boʼyicha mutasaddilarga topshiriq berildi.
Shuningdek, aholi orasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasi natijasida chaqnash va yongʼinlar bilan bogʼliq boʼlgan baxtsiz hodisalarning oldini olish toʼgʼrisida tushuncha berildi.