Tumanimizga xalqaro standartlarga javob beradigan umumiy o'rta ta'lim maktablarini qurish bo'yicha Islom taraqqiyot bankidan loyihalarni boshqarish bo'yicha mutaxassis tashrif buyurdi.
Bundan maqsad tumanimizda davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini qurish, ularga yuqori darajada texnik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Tuman hokimi va Islom taraqqiyot banki vakili tumanimiz hududida qurilishi rejalashtirilayotgan maktab hududini borib ko'rdi va maktabda yaratiladigan sharoit va imkoniyatlar haqida gaplashdi.