Fakt: Makaron mahsuloti Xitoyda oʻylab topilgan. U “qayta ishlangan xamir” maʼnosini anlatadi.
Bizning tumanda ham makaron mahsulotlarining 12 turini ishlab chiqaradigan majmua mavjud. Kuni kecha Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi xodimlari “Fayzli” mahallasida joylashgan ana shu majmuada boʻlib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Shuningdek, ishlab chiqarish bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish yuzasidan oʻz taklif mulohazalarini bildirishdi.
Mazkur korxona 0,8 gektar maydonga ega. Quvonarlisi, ular oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali 25 nafar fuqaroni ish bilan taʼminlashgan. Kelgusida mahsulotlarni xorijga eksport qilish rejalashtirilmoqda.