Kuni kecha tuman hokimligi binosida Yangihayot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi vakillari tomonidan tuman hokimi boshchiligidagi hokimlik vakillari uchun markaz faoliyatiga oid seminar tashkil etildi.
Seminar davomida keys menejment usuli, shuningdek, mahallada kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha kerakli maʼlumotlar berildi.
Bundan tashqari, tadbirda “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish, aholi bandligini taʻminlash yuzasidan koʻrililishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar kelishib olindi.