Tumanimizdagi barcha umumta'lim maktablarida "Ilmdan o'zga najot yo'q" mavzusida ma'rifiy va tarbiyaviy suhbatlar o'tkazilishi reja qilingan.
Shulardan biri 32-umumta'lim maktabida yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida tashkil etildi. Ularga jamiyatimizga yot bo'lgan g'oya va mafkuralarning asl mohiyati hamda globallashuv sharoitida yoshlar ongini manipulyatsiya qilishda turli axborot xurujlarining asl maqsadlari haqida ma'lumot berildi.
Shuningdek, yoshlarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish davomida ogohlikka rioya qilish kerakligi ta'kidlandi.