info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari kelib, tumanda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

timeicon 26-04-2023

Bugun Yangihayot tumaniga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 15- apreldagi 20-sonli farmoyishiga asosan, Toshkent shahri tumanlarini har tomonlama rivojlantirish va islohotlar samaradorligini oshirish borasidagi vazifalari yuzasidan iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari kelib, tumanda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, dastlab tumanda joylashgan 37-oilaviy poliklinikaga borildi. Poliklinikada ta’mirlash ishlarini olib borish, bu orqali fuqarolarga malakali tibbiy xizmatni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi manzil “Chorbog’” mahallasida yong’in kelib chiqqan xonadon bo’lib, rahbariyat va mas’ullar u yerda olib borilayotgan ta’mirash ishlari bilan tanishishdi.

Tumanimizda joylashgan 334-sonli maktabda esa sinfxonalarni ko’paytirish, sport zal va sport maydonlarini tashkil etish, o’quvchilarga qulay sharoitlar yaratish bo’yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech