Tumanimizdagi 8-umumta'lim maktabida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan "Ikki ko'ngil gulshani" nomli g'azalxonlik kechasi bo'lib o'tdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar Alisher Navoiy qoldirgan boy ijodiy merosni o'rganish va targ'ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to'xtalib o'tdi. Maktab o'quvchilari tomonidan ifodali aytilgan g'azal va ruboiylar, ma'lum ma'noda, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosiga tutilgan ko'zgu bo'ldi.
Tarixiy voqealar asosida sahnalashtirilgan sahna ko'rinishi barcha yig'ilganlarga o'zgacha kayfiyat ulashdi.