info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

"Iqbol" mahallasi fuqarosi muddatidan oldin qamoq jazosidan ozod etildi

timeicon 10-05-2023

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi 57-sonli "Afv etish to'g'risida"gi farmoniga asosan, tumanimizdagi "Iqbol" mahallasi fuqarosi muddatidan oldin qamoq jazosidan ozod etildi.

Tuman hokimligi ishchi guruhi raisi, tuman hokimi o'rinbosari va hokimlikning ijtimoiy moslashish rahbari mazkur fuqaroning uyiga borib, uning yashash sharoiti, kelgusi rejalari va mehnat faoliyati to'g'risida suhbat olib borishdi. Fuqaroning uy-joy masalasida muammolari borligi sababli, uy-joy uchun beriladigan subsidiyaga hujjatlarini rasmiylashtirish va qonuniy ishga joylashishi borasida davlat tomonidan amaliy yordam ko'rsatilishi haqida aytildi.

Hozirda fuqaro sog'lig'ini tiklash uchun tibbiy ko'rikdan o'tmoqda va bir martalik moddiy yordam ko'rsatildi. Fuqaro bilan profilaktik suhbat olib borilganida, u kayfiyati yaxshiligi, aybidan pushaymonligi, endilikda mehnat faoliyatini yo'lga qo'yishi haqida gapirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech