Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga ko‘ra, Toshkent shahri mahallalarida aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etilish orqali xavfsiz muhitni yaratish, mahallalar hududida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha profilaktika inspektorlari mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, kuni kecha Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tumanimizda bo’ldi. Rahbarlar tumandagi 2- va 4-sonli Ichki ishlar bo‘linmalari faoliyati, “Yangi umid” hamda “Navqiron” mahallalariga xizmat ko‘rsatuvchi ichki ishlar organlari tayanch punktlarida tungi navbatchilik smenalari xizmatlarini o‘rganishdi.
O’rganish jarayonida mas’ul rahbarlar va shaxsiy tarkibga aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.