"Xushnud" MFY idorasida tuman oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan mahalla faollari uchun yig'ilish tashkil etildi.
Unda "Xushnud" mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko'cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish, ushbu mezonlar mazmun-mohiyatini, sog'lom turmush madaniyatini targ'ib qilish bo'yicha tushuncha berildi.
Yig'ilishda Respublika ishchi guruhi a'zosi, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi bosh mutaxassisi, ma'rifatli ayollar targ'ibot guruhi yetakchisi, ko'p tarmoqli poliklinika shifokorlari va boshqa faollar ishtirok etib, o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.