"Xushnud" MFY idorasida Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i boshchiligida sayyor qabul o'tkazildi.
Unda 30 nafarga yaqin fuqaro, asosan, kadastr, uy-joy, shuningdek, pasport, davolanish, moddiy yordam kabi masalalar bilan murojaat qildi.
Shundan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qolgan masalalarni o'rganish bo'yicha mas'ullarga vazifa berildi.