Tumanimizdagi "Xushnud" MFY guzarida "Ayoli e'zozlangan yurt" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi rahbari, xotin-qizlar faollari, "Oqila ayollar" harakati va tuman targ'ibot guruhi a'zolari ishtirokida 4 ta sektor kesimida tashkil etildi. Unda har bir sektor a'zolari o'zlari tayyorlab kelgan lapar, alla, kelinsalom va sahnaviy ko'rinishlarni namoyish etdilar.
Shu bilan birga, targ'ibot guruhi a'zolari Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida belgilangan xotin-qizlar va oila haqidagi moddalar to'g'risida ma'lumot berib, yurtimizda xotin-qizlarga bo'layotgan e'tibor borasida so'z yuritdi.