Bugun tuman hokimi va sektor rahbarlari boshchiligida "Obod mahalla", "Obod ko'cha", "Obod xonadon" dasturiga kiritilgan Xushnud mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda ishchi guruh a'zolari tomonidan mahallada aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Mas’ullar hisoboti tinglangach, ishlarni jadallashtirish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.